Davlat koronavirusga chalinganlar uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
25 may 2020
13568Bugun, 25 may kuni AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot berildi.
2020 yil 23 may holati bo‘yicha:
- Davolangan bemorlarning har biriga bir kunda 32,3 million so‘m, jami 2492 nafar bemorga 80 milliard 491 million so‘m;
- Hozirda davolanayotgan bemorlarning har biriga bir kunda 32,3 million so‘m, jami 573 nafar bemorga 18 milliard 507 million so‘m;
- Holati o‘ta og‘ir bemorlarning har biriga bir kunda 64,4 million so‘m, jami 50 nafar bemorga 3 milliard 202 million so‘m;
- Reabilitatsiyaga chiqarilgan bemorlarning har biriga bir kunda 2,8 million so‘m, jami 2492 nafar bemorga 6 milliard 977 million so‘m;
- Karantinga olingan bemorlarning har biriga bir kunda 2,2 million so‘m, jami 335 573 nafar bemorga 738 milliard 260 million so‘m;
- Hozir karantindagilarga har biriga bir kunda 2,2 million so‘m, jami 45 455 nafar bemorga 100 milliard 1 million so‘m miqdorida pul sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 3180 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 2586 nafari sog‘aydi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi