Umid Ahmadjonov: “Ishonch uchun rahmat”

Sport

image

Biroz oldin O‘zbekiston Miliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning rasman iste’foga chiqqanligini xabar qilgan edik.

Iste’fodan keyin Umid Ahmadjonov OAVga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“1 yildan ortiq vaqt mobaynida menga mana shunday ishonch bildirilgani va katta imkoniyat yaratib berilgani uchun hukumatimizga minnatdorchilik aytib qolaman. Yurtimizda sportga qaratilayotgan yuksak e’tiborni atletlarimiz xalqaro maydonlardagi natijada aks ettira olishdi. Shu vaqt mobaynida biz bir jamoa bo‘lib, katta-katta marralarni zabt etdik. Yurtimiz sportchilarini kelajakda ulkan yutuqlar kutib turibdi. Ishonamanki, yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpaidasida ular bunday ishonchni oqlab qaytishadi”, deb aytib o‘tdi MOQ sobiq prezidenti.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonovning MOQ prezidentligi davrida o‘zbekistonlik sportchilar birinchi yirik musobaqa - 2018 yil Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida 21ta oltin, 24ta kumush, 25 ta bronza – jami 70 medal qo‘lga kiritishgandi. 

Shu yili bo‘lib o‘tgan Paraosiyo o‘yinlarida esa, sportchilar 35 ta oltin, 24 ta kumush, 18 ta bronza – jami 77 medal jamg‘arishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing