Ulug‘bek Sayidovga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
23 iyul 2019 6129 1 daqiqa
Avvalroq, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga yangi boshqaruv raisi tayinlangani haqida xabar bergan edik.
“O‘ztransgaz” AJning yangi raisi Ulug‘bek Husanovich Sayidovga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Muzaffarxon Hasanxonovich Najmiddinov o‘z lavozimi saqlab qolib, “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis etib tayinlandi.
Alisher Ismoiljonovich Mirzamahmudov “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisining moliya va iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftegaz” AJ raisi Bahodir Bahromovich Sidiqovga 4 nafar o‘rinbosar tayinlangandi.
Live
Barchasi