“O‘zbekneftegaz” raisiga birdan 4 o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
23 iyul 2019 8272 1 daqiqa
“O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatida qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qobul Muhammadiyevich To‘xtayev “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining geologiya bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari va “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK bosh direktori bo‘lgan.
Alisher Sayfullayevich Mustafoyev “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha Mustafoyev “Natural Gas-Stream” MCHJ bosh direktori bo‘lgan.
Muxtor Mustafoyevich Temirov “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u UzGTL zavodi qurilishi bo‘yicha direksiya direktori lavozimida ishlagan.
Ulug‘bek Murodillayevich Ashurov o‘z lavozimi saqlab qolib, “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari etib qayta tayinlandi.
Avvalroq, “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi o‘z lavozimida qoldirilgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025