“O‘zbekneftegaz” raisiga birdan 4 o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

“O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatida qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qobul Muhammadiyevich To‘xtayev “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining geologiya bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari va “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK bosh direktori bo‘lgan.

Alisher Sayfullayevich Mustafoyev “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha Mustafoyev “Natural Gas-Stream” MCHJ bosh direktori bo‘lgan.

Muxtor Mustafoyevich Temirov “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u UzGTL zavodi qurilishi bo‘yicha direksiya direktori lavozimida ishlagan.

Ulug‘bek Murodillayevich Ashurov o‘z lavozimi saqlab qolib, “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari etib qayta tayinlandi.

Avvalroq, “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi o‘z lavozimida qoldirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov O'zbekneftegaz

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing