Favqulodda vaziyatlar vaziriga yangi örinbosar tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori bilan Öktam Rustamoviç Hamdamov Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining Raqamlaştiriş va kiberxavfsizlikni ta’minlaş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirilik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uçun, tayinlovga qadar Öktam Hamdamov “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasida bölim boşliği va boşqa qator mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegişli buyruği bilan polkovnik Baxtiyor Tugamboyeviç Rahmonqulov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing