Ulug‘bek Rashidov ketma-ket ikki bor Gran-prida g‘olib bo‘ldi
Sport
−
03 Sentabr 2023 6442 1 daqiqa
Fransiya poytaxti Parij shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turnirida Ulug‘bek Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ulug‘bek Rashidov musobaqaning 68 kilogrammgacha vazn toifasida bahs olib bordi. U final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, Ulug‘bek Rashidov ushbu natijasi bilan ketma-ket ikki Gran-pri turnirida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek taekvondochisiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi Ulug‘bek 29 may – 4 iyun kunlari Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq u Italiya poytaxtida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasida oltin medalini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025