Ulug‘bek Qosimov endi rosmanasiga Surxondaryo hokimi bo‘ldi
Jamiyat
−
13 mart 2023
9300Bugun, 13 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi doirasida davlat rahbari ishtirokida Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyida Prezident farmoni bilan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Oradan bir oy o‘tib, Ulug‘bek Qosimov Xalq deputatlari sessiyalarida Surxondaryoning 13 ta tumaniga yangi hokimlarni tayinlagan edi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangunga qadar Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, Surxondaryo va Farg‘ona viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
LiveBarchasi