“Eskini eplaguncha esing ketar”: Surxondaryoning 13 ta tumanida hokimlar yangilandi
Jamiyat
−
25 yanvar 2023
18577Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor, Muzrabot va Jarqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokimlar tayinlangan edi. Shuningdek, bugun, 25 yanvarning o‘zida yana 9 ta tumanda Xalq deputatlari sessiyalarida quyidagi hokimlar lavozimlariga tasdiqlandi.
Habibulla Bozorov Sherdanakulovich Uzun tumaniga hokim lavozimiga tasdiqlandi.
Bungacha u Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ilhom Abrorov Denov tumaniga hokim lavozimiga tasdiqlandi.
Bungacha u Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bahrom Maxmatrayemov Omonovich Oltinsoy tumaniga hokim lavozimiga tasdiqlandi.
Bungacha u Kinematografiya agentligi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Boxadir Shukurov Shoturayevich Boysun tumaniga hokim lavozimiga tasdiqlandi.
Bungacha u Vazirlar Mahkamasining Ekologik nazorat bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunga qadar u Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xalilov Zaynobiddin Jalolitdinovich Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunga qadar u Hisob palatasining sho‘’ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Donayev Abduqodir Haydarovich Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunga qadar u Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Rajabov Sherzod Abdimuratovich Xalq deputatlari Qiziriq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunga qadar u Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Zokirov Ulug‘bek Xurramovich Sho‘rchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunga qadar u O‘zbekiston Markaziy banki departament direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, viloyatda jami 14 ta tumanlar bor.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabr oyida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishdan olinib, uning o‘rniga Toshkent shahri prokurori Ulug‘bek Qosimov tayinlangan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi