“Davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘q”. Tojiyev Qodirovga qarshi

Jamiyat

image

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik  partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan dahshatli voqea fonida begunoh go‘dakning umriga zomin bo‘lgan kimsalarning yashashga haqqi yo‘q, deya fikr bildirgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev esa fraksiyadoshining qarashlarini inkor qilib chiqdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

“Begunoh go‘dakning umriga zomin bo‘lgan kimsalarning yashashga haqqi yo‘q, deya bildirilgan iddao “o‘lim jazosini tiklash kerak” degandek gap. Bir qarashda adolatli va maqbul yechimdek ko‘rinadigan ushbu taklifga mutlaqo qo‘shilmayman”, deb yozadi Tojiyev.

Deputat o‘z fikrini quyidagi sabablar bilan izohlagan:

  • Birinchidan, o‘lim jazosi ehtimoliy noxolis o‘tkazilgan tergov yoki noto‘g‘ri chiqarilgan hukm ta’sirida jazolangan begunoh insonning hayoti butunlay yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Tarix tirik guvoh. Sud qarori qanchalik adolatli ko‘rinmasin, yillar o‘tib jinoyatchi aslida umuman boshqa shaxs bo‘lganligi aniqlangan keyslar juda ko‘p. Misol uchun kannibal Chikatilo Uning qotilligi deb boshqa inson o‘lim jazosiga hukm qilingan.
  • Ikkinchidan, o‘lim jazosi jinoyatchilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Jinoyatlardan tiyib turadigan samarali vositalardan biri jazoning shafqatsizligida emas, muqarrarligida namoyon bo‘ladi. 

“Qolaversa, o‘zga bir insonning umriga nuqta qo‘yishga sababchi bo‘lgan qotilga o‘lim jazosini bersak,  o‘sha vahshiy kimsadan farqimiz qolmaydi. Davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘q, deb o‘ylayman. Yashash bu tabiiy huquq!” deydi Odiljon Tojiyev.

Spiker o‘rinbosari o‘lim jazosini tiklash kerak deganlarga Konstitutsiya kitobini sovg‘a qilishni tavsiya qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov o'lim jazosi Odiljon Tojiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing