O‘ldirilgan Prezidentning bevasi Gaitiga qaytdi

Olam

image

Suiqasd qurboni bo‘lgan Gaiti Prezidenti Jovenel Moizning bevasi Martin Moiz Amerika klinikasida davolanganidan so‘ng o‘z Vataniga qaytib keldi. Bu haqda mamlakat Aloqa vaziri Frans Ekzantus Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.  

“Birinchi xonim Martin Moiz Prezident Jovenel Moizning dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Gaitiga keldi”, deb yozgan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Jovenel Moizning dafn marosimi 23 iyulda bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq, Jovenel Moizning bevasi Martin Moiz shifoxonadan chiqishi haqida xabar bergandik.  

Eslatib o‘tamiz, Gaiti Prezidenti 7 iyulga o‘tar kechasi shaxsiy qarorgohiga qilingan hujumda o‘ldirildi. Hujumda uning rafiqasi Martin Moiz ham jarohat oldi. Keyinchalik uning o‘limi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, ammo Gaitining Dominikan Respublikasidagi elchixonasi bu xabarlarni rad etdi.    

Keyinchalik, Gaitining AQSHdagi elchisi Bokchit Edmond Respublikaning birinchi xonimi Martin Moiz davolanish uchun Mayamiga olib borilishini ma’lum qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Gaiti

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing