Ular bizni xalq sifatida yo‘q qilmoqchi – Zelenskiyning rafiqasi xalqaro jurnalga intervyu berdi

Intervyu

image
0:00
0:00
download

Ruslarga ukrain xalqining mavjudligi, erkinlikka bo‘lgan muhabbati, qarshilik ko‘rsatishi yoqmaydi. Ular ukrainlar o‘zining sub’ekti bo‘lishini xohlaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Yelena Zelenskaya dunyoning eng nufuzli nashrlaridan biri “El Pais”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Ular bizni xalq sifatida yo‘q qilmoqchi. Ruslarga bizning mavjudligimiz, erkinlikka bo‘lgan muhabbatimiz, qarshilik ko‘rsatishimiz yoqmaydi. Ular bizni ularning sub’ektlari bo‘lishimizni xohlashadi. Biz millat sifatida mavjud bo‘ladigan va ozod kelajakka ega bo‘lishni xohlaymiz. Bu ochiq terror bo‘lib, ular buni hech kim hech qayerda o‘zini xavfsiz his qilmasligi uchun uyushtirmoqda. Ular qo‘rquvni uyg‘otishadi, shunda biz boshimizni ko‘tarishga jur’at etmaymiz. Ammo ruslar aks javobni olishadi: biz birlashamiz va hech narsaga qaramay, qarshilik ko‘rsatamiz va hayotimiz uchun kurashamiz”, deydi u. 

Yelena Zelenskaya bilan suhbatda bo‘lgan jurnalist o‘zining Ukrainadagi xotiralari bilan bo‘lishadi. Muxbirning ta’kidlashicha, Ukrainada faoliyat yuritganida, u deyarli har bir odamdan yo‘qotishlar haqidagi hikoyalarni eshitgan va ukrainaliklarning aqlbovar qilmaydigan azob-uqubatlaridan hayratda qolgan. Jurnalistning “Bunday ruhiy jarohatlarni davolash mumkinmi?”, degan savoliga javob berar ekan, Yelena Zelenskaya o‘zi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan Ruhiy salomatlik va psixo-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini amalga oshirishdagi taraqqiyot haqida ma’lumot berdi: 

“Men Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilning birinchi xonimlari bilan ishlayman, ularning mamlakatlari urushdan jabr ko‘rgan oilalarni travmadan keyingi davolashda tajribaga ega. Isroil bilan biz allaqachon yuzlab psixologlar uchun onlayn trening o‘tkazdik, yana 25 nafar mutaxassis keyinchalik Ukrainaga qaytib, o‘z tajribalarini hamkasblari orasida tarqatishlari uchun bevosita Isroilda treningdan o‘tmoqda. Biz urush boshida turibmiz, lekin uning oqibatlari bilan hoziroq kurashishni boshlashimiz kerak”, deydi birinchi xonim. 

Prezidentning rafiqasi jahon hamjamiyatiga Ukrainaga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirib, shunday dedi:  

“Biz dunyo nimani ko‘rishini bilmoqchimiz: bizning kurashimiz adolatli. Men ushbu dahshatli oylarda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman. Hech qaysi urush boshqa birovniki emas – bu siz bilan sodir bo‘lishi mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta boshida Yelena Zelenskaya AQSHga bordi va Davlat kotibi Entoni Blinken, AQSH Prezident Jozef Bayden va birinchi xonim Jill Bayden, shuningdek, vitse-prezident Kamola Xarris bilan uchrashdi. AQSH Kongressida nutq so‘zladi va Kongressda nutq qilgan birinchi xorijiy davlat rahbarining rafiqasi бўлди


Maqola muallifi

Teglar

Elena Zelenskaya

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing