Yelena Zelenskaya Emina Erdo‘g‘an bilan uchrashdi  

Olam

image

Bugun, 18 fevral kuni Turkiyaning birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning turmush o‘rtog‘i Yelena Zelenskaya bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiyaning birinchi xonimi va Ukraina rahbarining turmush o‘rtog‘i o‘z Instagram sahifalarida yozib qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlarining rafiqalari Ukrainaning Odessa shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan psixonevrologik bolalar uyidan 34 nafar nogironligi bo‘lgan yetim bolani Anqaradagi “Sonechko” uyiga evakuatsiya qilishda ishtirok etgan.

“Bu yerda ular uchun maxsus “Bolalar uyi” yaratilgan. Ular o‘qish va rivojlanish uchun qulay sinf xonalari, yotoq xonalari bilan jihozlangan, tibbiy yordam va reabilitatsiya bilan to‘liq ta’minlangan. Barcha xarajatlarni Turkiya tomoni o‘z zimmasiga oldi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Yelena Zelenskaya o‘z sahifasida asli ukrainalik bo‘lgan 10 nafar bolani ko‘rganini yozgan.

“Bugun Turkiyaga tashrifim chog‘ida mehmondo‘st turklar qaramog‘ida qolgan 10 nafar bolani borib ko‘rmoqdaman. Kimdir davolanish va hatto yaxshi hayot va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni o‘tkazadi”, deydi Ukraina birinchi xonimi.

Shu bilan birga, Yelena Zelenskaya Turkiyaga minnatdorlik bildirishini qo‘shimcha qilgan.

“Turkiyaga va shaxsan Emina xonimga bu bolalarning xavfsizligi va kutib olishgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bu samarali yordam”, deya yozib qoldirgan Zelenskaya.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgandi. Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada muzokaralar boshlanishidan avval ukrainalik mavqedoshini prezidentlik majmuasi kiraverishida kutib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Emina Erdo'g'an Elena Zelenskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing