Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan uchrashdi (video)
Olam
−
18 fevral 6114 1 daqiqa
Bugun, 18 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada muzokaralar boshlanishidan avval ukrainalik mavqedoshini prezidentlik majmuasi kiraverishida kutib olgan. Shundan so‘ng, ikki davlat rahbarlari Turkiya va Ukraina davlat bayroqlari fonida esdalik suratga tushgan.
Uchrashuv matbuot uchun yopiq eshiklar ortida boshlangan.
OAVga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Ukraina inqirozidan tashqari, Anqara va Kiyev o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha qadamlarni muhokama qilishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida AQSH va Rossiya vakillarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qolaversa, Yevropa yetakchilari ham Fransiya poytaxti Parijda favqulodda sammit o‘tkazib, Tramp ma’muriyatining Yevropa ishtirokisiz Moskva bilan muzokaralar olib borish rejalariga nisbatan nima qilish kerakligini muhokama qildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aniq qarorlar e’lon qilinmagan, biroq Yevropa Ittifoqi va NATO mudofaaga ko‘proq sarmoya kiritish va Kiyevga ishonchli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish zarurligini bildirgan.
Live
Barchasi