Ukrainaning uchta porti “dunyoga hayotni qaytarishga” tayyorgarlik boshladi

Olam

image

Ukraina dengiz portlari ma’muriyati 22 iyul kuni Istanbulda don va unga aloqador oziq-ovqat mahsulotlarini dengiz orqali eksport qilish tashabbusi imzolanishi munosabati bilan Odessa,  Chernomorsk va Yujniy portlari ishini qayta boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qildi. 

“2022 yil 22 iyulda don va unga aloqador oziq-ovqat mahsulotlarini dengiz orqali eksport qilish tashabbusi imzolanganligi munosabati bilan Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlari ishni qayta tiklashga tayyorlanmoqda. Sizga shuni ma’lum qilamizki, ko‘rsatilgan dengiz portlariga kemalarning kirishi va chiqishi yetakchi kema hamrohlik qiladigan karvonni shakllantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi”, deyiladi ma’muriyat saytidagi xabarda. 

Karvonlarni shakllantirish rejalarini ishlab chiqishga Ukraina dengiz portlari ma’muriyati kemalarni kiritish uchun arizalarni elektron pochta orqali yuborishni so‘raydi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Don yo'lagi

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing