Ukrainaning parchalanishi 2014 yilda boshlangan – Volodin

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning fikricha, Ukrainaning parchalanishi 2014 yilda, mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lgan paytda boshlangan. Bu haqda u bugun, 3 may kuni jurnalistlarga aytib o‘tdi.

“Ukrainaning parchalanishi 2014 yilda davlat to‘ntarishidan so‘ng, Qrim uning tarkibidan chiqqanidan so‘ng boshlandi. (Tan olinmagan) DXR va LXR ham o‘z mustaqilligini e’lon qilib, Ukrainadan chiqib ketishdi”, degan Volodin.

U shuningdek, bugungi kunda Ukraina g‘arbida yashovchi ko‘plab fuqarolar allaqachon “Polsha, Vengriya fuqaroligini olgan”ini qo‘shimcha qilgan.

“So‘nggi paytlarda 5 milliondan ortiq odam mamlakatni tark etdi. Bu ham barqarorlik keltirmaydi. Biz Xerson va boshqa viloyatlardan ham Ukraina tarkibida qolmoqchi emasliklari haqidagi bayonotlarni eshityapmiz. Haqiqat shu”, deya ta’kidlagan Volodin.

Qayd etish kerakki, so‘nggi vaqtlarda G‘arb matbuotida Rossiya Ukrainaning Xerson viloyatida “xalq respublikasi” tuzmoqchiligi haqida bot-bot yozmoqda. Volodinning bayonoti esa bunday xavotirlar bejiz emasligiga ishora qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

316

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing