Ukrainaning NATOga kirishi uchinchi jahon urushi boshlanishini anglatadi – Bayden

Olam

image

Ukraina o‘z hududidagi janglar paytida Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirishi uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Xelsinkida finlyandiyalik mavqedoshi Sauli Niinistyo bilan qo‘shma matbuot anjumanida so‘zlab berdi. 

“Urush davom etayotganda, NATO davlatiga hujum qilinganda hech kim NATOga qo‘shila olmaydi. Chunki bu bizni urush holatida, uchinchi jahon urushida bo‘lishimizni kafolatlaydi”, deydi Vashington ma’muriyati rahbari. 

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “gap ularning [alyansga] qo‘shilish yoki qo‘shilmasligida emas”.  

“Gap ular qachon a’zo bo‘lishlari haqida. Va ular NATOga qo‘shilishadi”, deya qo‘shimcha qildi Prezident. 

Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya Prezidenti Vladimirga Putinning urushni davom ettirishiga to‘sqinlik qila olmaydimi degan savolga Bayden quyidagicha javob bergan: 

“Putin allaqachon urushda mag‘lub bo‘lgan. Putinda haqiqiy muammo bor. U qanday davom etishi kerak? U nima qilishi kerak?”

Uning fikricha, agar Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqsa, mojaro “ertaga tugashi mumkin”.

“Ammo oxir-oqibat qanday kelishuvga erishilishi Putinga va u nima qilishga qaror qilishiga bog‘liq. Lekin Ukrainadagi urushda uning g‘alaba qozonishining imkoni yo‘q. U bu urushda allaqachon mag‘lub bo‘lgan”, deydi Amerika Prezidenti. 

Ma’lumot uchun, 11 iyul kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg blok mamlakatlari Ukrainaning a’zo bo‘lish bo‘yicha harakat rejasini bekor qilishga qaror qilganini e’lon qilgan va barcha shartlar bajarilganda Kiyevni ittifoqqa taklif qilishga va’da bergan. Unga ko‘ra, Ukrainaning kirishi shartlarini alyansga a’zo davlatlar baholaydi. Shartlar haqida gapirar ekan, Stoltenberg Ukraina mudofaa va xavfsizlik institutlarini modernizatsiya va isloh qilishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, u NATO mamlakatlarning ittifoqqa qo‘shilish jarayonida hech qachon muddat belgilamasligini aytgan. 

Bundan tashqari, Stolenberg alyans Ukrainada urush davom etar ekan, uning ittifoqqa qo‘shilishi mumkin emasligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Jo Bayden Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing