Ukrainaning Kurskka hujumi Putin uchun haqiqiy dilemma yaratadi – Bayden 

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Bayden Ukrainaning Rossiyaga hujumi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchun haqiqiy dilemmani yaratishini aytdi va AQSH rasmiylari ukrainaliklar bilan doimiy aloqada ekanligini qo‘shimcha qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

“Ukrainaning Kurskka bostirib kirishidan maqsad Rossiyani transchegaraviy hujumdan himoya qilish uchun Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqishga majburlashdir”, deydi AQSH rasmiysi.

Qayd etilishicha, Ukraina Rossiyaning 2022 yil fevralida boshlangan bosqinini qaytarishga urinayotgani sababli, AQSH Ukrainaga, asosan, mudofaa maqsadlari uchun mo‘ljallangan milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib bergan. May oyida Bayden Kiyevga Ukraina shimoli-sharqidagi Xarkov shahriga qarshi hujumni qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiya ichidagi harbiy ob’ektlarga nisbatan AQSH yetkazib bergan qurol-yarog‘larni ishga tushirishga ruxsat bergan edi.

Oq uyning aytishicha, Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi haqida oldindan ogohlantirmagan. Rossiya kuchlari Ukraina qo‘shinlariga raketalar, uchuvchisiz samolyotlar va havo hujumlari bilan javob qaytargan.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per “Air Force One” bortidagi jurnalistlar bilan suhbatida Vashingtonning operatsiyaga aloqasi yo‘qligini aytdi.

AQSH rasmiylariga ko‘ra, Vashington Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning maqsadlarini hali o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga qilgan hujumi uchun Rossiya Ukrainadan shafqatsiz qasos olishi mumkinligidan xavotirdaligini bildirgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Putin Ukraina Kursk Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing