Ukrainaning Krivoy Rog shahrida portlash ovozlari eshitilmoqda
Olam
−
18 Oktabr 2022 6816 1 daqiqa
Ukrainaning Dnepr viloyatidagi Krivoy Rog shahrida portlash ovozlari eshitilmoqda. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni Krivoy Rog harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Vilkul Telegram’da ma’lum qildi.
“Krivoy Rog. Shaharning shimoliy qismida portlashlar sodir bo‘ldi. Biz yashirinamiz!”, deb Vilkul yozgan.
Bundan tashqari, bugun ertalab Ukrainaning Kiyev, Kirovograd, Cherkassi, Poltava, Dnepr, Nikolayev va Kiyev viloyatlarida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “Unian” va bir qancha viloyat rahbarlari.
"Diqqat! Nikolayev viloyati – butun mintaqa bo‘ylab havo hushyorligi”, deb yozdi, xususan, Nikolayev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim o‘zining Telegram-kanalida.
U birozdan keyin yana ogohlantirish bilan chiqdi. Bu safar shunday yozadi:
“Tunda Nikolayev yana S-300 raketalari bilan o‘qqa tutildi. Ikki qavatli binoda zarba bor. Vayronalar ostidan bir kishining jasadi topildi, qutqaruv va qidiruv ishlari davom etmoqda. Soat 06:20 holatiga ko‘ra shaharda elektr ta’minoti tiklandi. Tezkor ish uchun barchaga rahmat”, deyiladi u birozdan keyin e’lon qilgan xabarida.
Xuddi shunday xabarlar Poltava viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Luninning Telegram-kanalida, shuningdek, Kiyev shahar ma’muriyatining rasmiy kanalida paydo bo‘ldi.
Live
Barchasi