Ukrainaning hududiy yaxlitligi bilan bog‘liq muammolarimiz yo‘q – Lavrov

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya 1991 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi bandlariga rioya qilgan holda Ukrainaning hududiy yaxlitligini “qo‘llab-quvvatlashini” aytdi. Bu haqda u Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi ishlar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“1991 yilda biz Ukrainaning SSSR tarkibidan chiqishi bilan qabul qilingan Mustaqillik Deklaratsiyasi asosida uning suverenitetini tan olgan edik. Deklaratsiyada juda ko‘p yaxshi narsalar, jumladan, ular milliy ozchiliklar, rus va boshqa tillar huquqlarini hurmat qilishlari, rus tili to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rin olgan”, deya iddao qilgan Lavrov.

Uning da’vo qilishicha, Rossiyada Ukrainaning hududiy yaxlitligi bilan bog‘liq muammolar yo‘q.

“Uni davlat to‘ntarishini amalga oshirganlar va qo‘llab-quvvatlaganlar vayron qildi, ularning rahbarlari o‘z xalqiga qarshi urush e’lon qilib, ularni bombardimon qila boshladi”, deydi Lavrov.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Sergey Lavrov Mustaqillik deklaratsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing