Ukrainani tiklashga qancha pul ketishi va kimning hisobidan bo‘lishi aytildi

Olam

image

Ukrainani tiklash rejasi hozirda 750 milliard dollarga baholanmoqda, Kiyev moliyalashtirishning asosiy manbai deb Rossiya Federatsiyasining musodara qilingan aktivlarini biladi. Bu haqda bugun, 4 iyul kuni Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Luganodagi xalqaro anjumanda ma’lum qildi. 

"750 milliard dollarga baholangan tiklanish rejasini kim to‘lashi kerak? Biz Rossiya va rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan aktivlari moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz", de    di u Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida. 

Qayd etilishicha, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 300 milliard dollardan 500 milliard dollargacha.  

“Ba’zi davlatlar bu aktivlarni nafaqat muzlatish, balki musodara qilish jarayonini allaqachon boshlab yuborgan. Biz Germaniyadan birinchi qadamlar uchun minnatdormiz”, deydi Bosh vazir. 

Shuningdek, u Rossiya va rus oligarxlari boyliklarini musodara qilish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgani uchun Kanada va AQSHga ham minnatdorlik bildirgan. U barcha ittifoqdoshlardan va hamkorlardan shunday qadamlar tashlashni kutayotganini urg‘uladi. 

Ukraina Bosh vaziri tiklanish rejasini moliyalashtirishning ikkinchi manbai sifatida xalqaro moliya tashkilotlari va hamkor mamlakatlarning grantlari va imtiyozli kreditlarini aytdi. Unga ko‘ra, keyingi manbalar xususiy sektor investitsiyalari, jismoniy shaxslar va korporatsiyalarning byudjetdan tashqari badallari bo‘lishi kerak. Va faqat beshinchi, oxirgi moliyalashtirish manbai Ukraina byudjeti mablag‘lari ekani aytildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing