Ukrainaliklarga F-16 qiruvchi samolyotlarida uchishni o‘rgatadigan davlat yana bittaga ko‘paydi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Portugaliya o‘z hududida ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishga rozi bo‘lganini aytdi. Bu haqda u kecha, 24 avgust kuni Kiyevda Portugaliya Prezidenti Marselu Rebelu di Soza bilan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u va Portugaliya rahbari xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlik, jang maydonidagi vaziyat va Ukrainaning mudofaa ehtiyojlarini muhokama qilgan.

“Portugaliya bizning tank va havo koalitsiyamiz a’zosi. Bugun Portugaliya F-16 samolyotlarida ukrainalik uchuvchilar va muhandislarni o‘qitishga qo‘shilishga tayyorligini tasdiqladi”, degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 avgust kuni Ukraina Prezidenti Gretsiya rasmiylari ham xuddi shunday qaror qabul qilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Portugaliya F-16 Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made