Ronalduning öğli ilk bor Portugaliya U-17 terma jamoasiga çaqirildi
Sport
−
18:22 369 1 daqiqa
Beş karra “Oltin töp” sohibi, Yevropa çempioni va Çempionlar ligasining beş karra ğolibi Kriştianu Ronalduning öğli ilk bor Portugaliyaning 17 yoşgaça bölgan futbolçilar terma jamoasiga çaqiruv oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Joriy yilning noyabr oyida Portugaliya U-17 terma jamoasi Yevropa çempionati saralaş bosqiçida uçta uçraşuv ötkazadi. Jamoa 11 noyabr kuni Andorra, 14 noyabr kuni Bolgariya va 17 noyabr kuni Serbiyaga qarşi maydonga tuşadi.
Ma’lumot uçun, 16 yoşli Kriştianu Junior Portugaliya U-15 va U-16 yoşlar terma jamoalarida hozirgaça 13 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 5 ta gol muallifi bölgan.
U 2025 yil may oyida Portugaliya U-15 terma jamoasida xalqaro debyut qilgan. Uşbu jamoa safida 4 ta öyinda iştirok etib, 2 ta gol urgan. Keyinçalik U-16 terma jamoasiga çaqirilgan va bu yoş toifasida 9 ta uçraşuvda 3 ta gol kiritgan.
Klub miqyosida Ronalduning öğli “Al-Nasr”ning turli yoş toifasidagi jamoalarida ham töp tepgan. U U-15 tarkibida 17 ta öyinda 8 ta, U-16 safida 18 ta uçraşuvda 7 ta, U-17 jamoasida esa 4 ta öyinda 3 ta gol urgan.
Live
Barchasi