Ukrainalik general Zelenskiyni Napoleon bilan taqqosladi
Olam
−
19 fevral 2022 11414 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy juda ko‘p ahmoqona ishlar qilgan “yengil va injiq odam”. Bunday fikrni Lugansk va Zakarpate viloyatlarining sobiq rahbari general Gennadiy Moskal “Nash” telekanali efirida bildirdi.
General Ukrainada muxolif telekanallarning yopilishi haqida gapirar ekan, Zelenskiyga “bu haqda o‘ylab ko‘rishni” maslahat bergan.
“Keyingi yil bo‘lishi kerak bo‘lgan yangi Oliy Rada esa allaqachon yangi Jinoyat kodeksini qabul qilishi kerak, chunki unda juda ko‘p u (Zelenskiy) buzgan moddalar mavjud”, degan Moskal.
Uning fikricha, Ukraina rahbari “bir o‘y bilan” uyg‘onib, “boshqasi bilan” ishga kirishadi.
“U bir narsani o‘ylaydi, ikkinchisini aytadi, uchinchisini qiladi. U yengil, injiq odam”, degan general.
Shu bilan birga, Moskal Zelenskiy Napoleonga “faqat bo‘yi bo‘yicha” o‘xshashini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, bundan avvalroq, Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining “Nash” telekanaliga egalik qiluvchi kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorini qabul qilnagn. Shuningdek, Ukrainada “112 Ukraina”, NewsOne, ZIK, “Birinchi mustaqillik” va UkrLive telekanallarining translyatsiyasi taqiqlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr