Ukrainalik fuqarolarga otasining ismini o‘zgartirishga ruxsat berildi
Olam
−
03 noyabr 2020
2810Ukrainaning Oliy Rada (parlament) deputatlari Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining (IHES) qaroriga binoan ukrainaliklarga otasining ismlarini o‘zgartirishga ruxsat beruvchi qonunni umuman ma’qulladi. Ushbu qaror parlament a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Hujjatga ko‘ra, ukrainaliklar 16 yoshdan boshlab o‘zlarining otalik ismlarini o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lishadi va 14 yoshdan boshlab, faqat ota-onalarning roziligi bilan. Tegishli o‘zgarishlar Ukrainaning Oila va Fuqarolik kodekslariga kiritildi.
Otasining ismini o‘zgartirish tartibi, xuddi ism va familiyada bo‘lgani kabi, huquqni muhofaza qilish idoralarida tekshiruvdan o‘tishni va ulardan xulosa olishni o‘z ichiga oladi. Tekshirish uch oy davom etadi va agar u muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lsa, tegishli o‘zgarishlarni FHDYO ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
LiveBarchasi