Ukrainalik F-16 uchuvchisi halok bo‘ldi

Olam

image

To‘rtinchi avlod F-16 ko‘p maqsadli yengil qiruvchi samolyotida jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida ukrainalik uchuvchi, 26 yoshli Pavel Ivanov halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 12 aprel kuni Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari xabar berdi.

“U o‘z ona yurtini bosqinchilardan himoya qilib, jangda halok bo‘ldi. Fojianing barcha holatlari o‘z ishini boshlagan idoralararo komissiya tomonidan aniqlanmoqda”, deyiladi bayonotda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ivanov kapitan bo‘lganiga aniqlik kiritdi.

“Ushbu jangovar vaziyat bo‘yicha harbiylardan hisobot kerak edi. Biz barcha holatlarni o‘rganyapmiz. Biz qat’iy va aniq javob beramiz”, deydi Ukraina rahbari.

Ukraina tomoni hozircha Kiyev F-16 qiruvchisini yo‘qotgan-yo‘qotmaganiga aniqlik kiritmadi. Samolyot Rossiya raketasi tomonidan urib tushirilganmi yoki bu Ukraina havo mudofaa kuchlarining o‘qlarimi.

Qayd etish joiz, Ukrainada F-16 bilan bunday hodisa birinchi marotaba sodir bo‘layotgani yo‘q. 2024 yil 29 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ukrainaga G‘arb ittifoqchilari tomonidan taqdim etilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan biri halokatga uchragani haqida xabar bergandi. Hodisa uch kun oldin Rossiyaning yirik raketa hujumini qaytarish paytida yuz bergan. Samolyotning qulashi oqibatida “Oy baliq” belgisi bo‘lgan uchuvchi Aleksey Mes halok bo‘ldi. Falokat sababi uchuvchi xatosi degan nazariya bor edi. Shu bilan birga, Oliy Rada deputati Maryana Bezuglaya o‘z manbalariga tayanib, F-16 Ukrainadagi Patriot mudofaa tizimi o‘qi bilan urib tushirilganini ma’lum qildi va Havo kuchlarini voqeani bosti-bosti qilib yuborishda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing