Ukrainaga yana shiddatli raketa hujumi bo‘ladimi? So‘z Putinga

Olam

image

Hozirda Ukrainadagi nishonlarga jadal raketa zarbalari berishning hojati yo‘q. Avvalgi bunday zarbadan keyin qolgan ob’ektlar asta-sekin yo‘q bo‘lmoqda, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 14 oktyabr kuni jurnalistlarga.

“Hozir ommaviy zarbalarga hojat yo‘q, boshqa vazifalar bor, chunki menimcha, yigirma to‘qqizta ob’ektdan yettitasiga zarba berilmagan. Lekin bu ob’ektlar asta-sekin “o‘zlashtirilmoqda”, ommaviy zarbalarga hojat yo‘q, hech bo‘lmaganda hozir emas, keyin ko‘ramiz”, deydi Rossiya rahbari.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Putin Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan operativ yig‘ilishda Ukrainadagi energetika, harbiy qo‘mondonlik va kommunikatsiya ob’ektlariga ommaviy zarba berilganini ma’lum qildi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarba Ukraina harbiy qo‘mondonligi, aloqa va energetika tizimlari ob’ektlariga yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar orqali berilgan. Departament zarba maqsadiga erishilgani va barcha belgilangan nishonlarga zarba berilgani haqida hisobot bergandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rdi. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. 

Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi. Germaniya esa avval va’da qilgan xenit-raketa majmuasini Kiyevga yetkazib berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing