Ukrainaga raketa “yomg‘iri” uyushtirish Rossiyaga qanchaga tushgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
11 Oktabr 2022
28969Ukrainaning “Forbes” jurnali kecha, 10 oktyabr kuni Ukraina shaharlariga uyushtirilgan raketa hujumi Rossiya byudjetiga qanchaga tushganini hisoblab chiqdi. Raketalar "yomg‘iri" taxminan 400-700 million dollarga tushgan.
Nashrning yozishicha, Ukraina hududi bo‘ylab 84 ta qanotli raketa uchirilgan. Rasmiy bayonotlarga ko‘ra, hujumda 24 ta dron ham ishtirok etgan.
Gazetaning ta’kidlashicha, uchirilgan raketalarning narxi keng diapazonda baholangan, chunki har bir turdagi raketalarning aniq soni ma’lum emas. Ukraina hududiga X-101, X-555, “Kalibr”, “Iskander”, “Tornado-S” va “S-300” raketalari uchirilgan.
Xarajatlarni hisoblash uchun gazeta quyidagi hisob-kitoblardan foydalangan: X -101 raketasi narxi 13 million dollar, “Kalibr” – 6,5 million dollar, “Iskander” – 3 million dollar, “Oniks” – 1,25 million dollar, KX-22 – 1 million dollar va “Tochka-U” – 300 ming dollar. 10 oktyabrda uchirilgan barcha dronlarning umumiy qiymati bir necha million dollarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi.
Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi.
Shuningdek, Germaniya Ukrainaga bir necha kun ichida avval va’da qilingan to‘rtta zamonaviy o‘rta masofaga mo‘ljallangan IRIS-T SLM Infra Red Imaging System Tail havo mudofaa tizimidan birinchisini yetkazib beradi.
Bugun, 11 oktyabr kuni ertalab Ukrainaning Vinnitsa viloyatidagi Ladijin issiqlik elektr stansiyasiga ikkita “Shahed-136” kamikadze dronlari bilan hujum qilindi.
LiveBarchasi