Ukrainaga hujum oqibatida qancha begunoh bolalar qurbon bo‘lgani aytildi
Olam
−
03 mart 2022
1044624 fevraldan beri Ukrainada tinch aholi vakillarining 227 nafari halok bo‘lgani va 525 nafari yaralanganini ma’lum qilgan, biroq haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lum qilgan.
“Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy harakati boshlangan 24 fevral kuni ertalab soat 4:00 dan 1 mart soat 12:00 gacha BMT Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi Ukrainada 752 nafar tinch aholi qurbonlarini ro‘yxatga oldi: 227 nafari halok bo‘ldi, 525 nafari yaralandi”, deyiladi BMT bayonotida.
Halok bo‘lganlar orasida 15 nafar bola ham bor.
Ayni vaqtda, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emine Japarova BMT Inson huquqlari qo‘mitasi yig‘ilishidagi nutqida Ukrainada urush boshlanganidan buyon 6 kun ichida 352 nafar fuqaro, jumladan, 16 bola halok bo‘lgani, minglab tinch aholi jarohatlanganini aytgan.
Ukrainaning Favqulodda holatlar bo‘yicha davlat xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir hafta ichida harbiy xizmatchi hisoblanmagan 2000 nafarga yaqin ukrainalik halok bo‘lgan.
Shuningdek, 1 martgacha Ukrainadan qo‘shni davlatlarga 660 mingdan ortiq qochqin kelgan.
LiveBarchasi