Ukrainadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6-7 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga yetgaman shaxs va 12 nafar chaqaloq olib kelindi.

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Yusuf Qobuljonovga ko‘ra, 28 fevraldan 7 martga qadar 19 ta aviareys bilan 4 359 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi.

Bugun, 7 mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Polsha hududida O‘zbekistonning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadan Polsha orqali qaytarilayotgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi 28 fevral kuni Toshkentga kelgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

91

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing