Ukrainadagi urushning qachon tugashi mumkinligi aytildi

Olam

image

Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakatda davom etayotgan urush 2024 yilning yozida tugashi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Amerikaning CNN nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, CNN muxbiri Aleks Markvard Ukrainaning Kiyev shahrida Reznikovdan intervyu olgan. Jurnalist Mudofaa vaziridan urushning keyingi yil yozda tugash ehtimoli haqida so‘raganda, Reznikov darhol:

“Ha, biz bu urushda g‘alaba qozonamiz”, deya javob bergan.

Reznikov, shuningdek, Ukraina NATOning keyingi yili iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitida alyansga a’zo bo‘lishi mumkinligini aytgan.

“Kim biladi, balki bu Ukraina uchun juda muhim kun bo‘lar. Albatta, bu mening bashoratim”, deydi rasmiy.

Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Ukrainaning alyansga qo‘shilishi ahamiyati, uning Rossiya hujumiga qarshi kurashi tufayli yanada ortgan.

“G‘alabadan keyin, Ukraina NATOning manfaatida bo‘ladi. Chunki, biz NATOning yoki Yevropaning haqiqiy sharqiy qalqoni bo‘ldik. Haqiqiy jangovar tajriba – ruslarni qanday qilib to‘xtatib qo‘yish, NATO standartidagi qurollardan foydalangan holda ularni yengish”, deydi Reznikov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Qrimni qaytarib olishga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush Aleksey Reznikov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing