Qrimni qaytarib olishga va’da beraman – Zalujniy

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy imkoni bo‘lishi bilan Qrimni qaytarib olishga va’da berdi. Bu haqda u “The Washington Post” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Qayd etilishicha, nashrning Zalujniy bilan suhbati chog‘ida Ukrainaning 40 kundan buyon davom etayotgan qarshi hujumi haqida muhokama qilingan. Oliy bosh qo‘mondondan Qrim haqida so‘ralgan. Zalujniy bunga shunday javob bergan:

“Kerakli mablag‘ bo‘lishi bilanoq bu borada biror ish qilaman. Men Qrimni qaytarib olaman, hatto ittifoqchilarimiz bunga qarshi bo‘lsa ham. Hech kim meni to‘xtata olmaydi”.

Shuningdek, Zalujniy Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududiga bergan zarbalari haqidagi savolga ham javob bergan.

“Rossiya hududiga zarba berish haqida hech kimdan so‘rab o‘tirmoqchi emasman. Nega kimdandir so‘rashim kerak? Nimaga xalqimni himoya qilish uchun qandaydir ishni qilishim mumkin emasligini o‘ylashim kerak. Nega? Putin yadroviy quroldan foydalanishi mumkinligi uchunmi?” deydi Oliy bosh qo‘mondon.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy og‘ir yaralangan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim Zalujniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing