AQSH diplomatiyasining bo‘lajak rahbari Ukraina Rossiyaga yon berishi kerakligini aytdi
Olam
−
14:08
2611Ukraina muzokaralarda o‘z ustunligini ta’minlashi kerak, shu bilan birga, Ukraina ham, AQSH ham Rossiyaga yon berishi lozim. Bu haqda kecha, 15 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi lavozimiga nomzod Marko Rubio Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasidagi tinglovda so‘z ochdi.
"Vladimir Putinning qilgan ishi qabul qilinishi mumkin emas, bunga hech qanday shubha yo‘q, lekin urush tugashi kerak va men bu AQSHning rasmiy siyosati bo‘lishi kerak, deb hisoblayman", dedi Rubio.
Uning aytishicha, imtiyozlarni Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, Ukraina va AQSH ham berishi kerak. Bu pozitsiya urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar qarori Ukrainaga bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan vakolat muddati tugayotgan Bayden ma’muriyatining yondashuvidan farq qiladi.
Rubioning aytishicha, Ukraina Rossiya qo‘shinlarini 2022 yilda Rossiya harbiy bosqinidan oldin egallab turgan pozitsiyalariga qaytarishi mumkinligiga ishonish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va AQSHning rasmiy pozitsiyasi urushni tugatish bo‘lishi kerak.
“Ukrainadek kattalikdagi davlat, bu bosqin oqibatida Rossiya Federatsiyasi qancha layoqatsizlik darajasiga ega bo‘lmasin va qancha zarar ko‘rgan bo‘lmasin, bu odamlarni kattaligidagi farqni hisobga olgan holda bosqindan oldin egallab olgan o‘z pozitsiyalariga butunlay itarib yubora oladi, deb o‘ylash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", dedi AQSHning bo‘lajak Davlat kotibi.
Rubio, shuningdek, Ukrainada Rossiya qo‘shinlarini to‘liq siqib chiqarish uchun ishchi kuchi yetishmasligini ta’kidladi.
“Ukraina oldida turgan muammo pul yetishmasligi emas, balki ukrainaliklar yetishmasligida”, deb tushuntirdi Rubio.
Uning qo‘shimcha qilishicha, u AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning urushni tugatish zarurati haqidagi fikriga qo‘shilib, Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden ma’muriyatini mojaroga barham berish bo‘yicha aniq “maqsad”i yo‘qligida tanqid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan mudofaa vaziri lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Pit Xegset Shimoliy Koreyani global barqarorlikka tahdid soladigan “yadroviy kuch” deb ta’riflagandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar