Ukrainadagi urush yakuni AQSHdagi prezidentlik saylovlari natijasiga bog‘liq – sobiq prezident
Olam
−
10 iyun 2023
8695Rossiyaning Ukrainadagi urushi yakuni AQSHdagi prezidentlik saylovlari natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Fransiyaning sobiq rahbari Fransua Olland “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp saylansa, u darhol Ukrainada sodir bo‘layotgan harakatlarni to‘xtatadi.
“Ruslar o‘zlarida bor hamma narsani saqlab qolishi mumkin. Bu mojaro juda qimmatga tushadi”, dedi Olland voqealar rivojini taxmin qilib.
Siyosatchi, shuningdek, xavfsizlik masalalarida Yevropa o‘ziga tayanishga tayyor bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Biroq bu Yevropa davlatlari AQSHning maqsadlariga sherik emasligini bildirmaydi.
“Agar Yevropa ittifoqchilariga hech bo‘lmaganda tinchlik nuqtai nazaridan AQSH bilan bir xil manfaatlarimiz yo‘qligini aytsak, ittifoqchilarimiz bizga ergashmaydi”, dedi sobiq davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Tramp prezident bo‘lsa, Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida hal qilishini bir necha bor aytgan. Shuningdek, u davlat tepasiga kelsa, Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralar tashkil qilishga va’da bergan edi. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan til topisha olishiga ishonmoqda. Biroq Zelenskiy Tramp AQSH prezidenti sifatida Ukrainadagi mojaroni hal qila olishiga shubha qilayotganini aytgan edi.
LiveBarchasi