Ukrainadagi mojaroda yana bir davlat vositachi bo‘lmoqchi
Olam
−
22 mart 2023
9989Jazoir Ukrainadagi inqirozni hal qilishda vositachi bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat Prezidenti Abdilmajid Tebbun “Al-Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Jazoir Ukraina inqirozida vositachilik rolini o‘ynashga qodir. Biz bunga yetarlicha ishonchga ega bo‘lgan kam sonli davlatlar qatoridamiz”, deydi Tebbun.
Jazoir Millatlar Kengashi raisi Saloh Gudjil respublikaga rasmiy tashrif bilan kelgan Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvda Jazoir o‘z pozitsiyasidan foydalanishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Jazoir Prezidenti Rossiyaga tashrifi may oyiga mo‘ljallanganligini aytgan. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tebbunning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik boshlangani, ammo vaqti hozircha aniq emasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Turkiya Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga vositachilik qilmoqda. Vengriya Turkiyaning ushbu harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, Putin go‘yoki Si Szinpinni Ukraina bilan “yarashish” uchun vositachi bo‘lishga undayotgani haqida uning maqolasi e’lon qilingan edi.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi