Ukrainada zaxiradagilar harbiy xizmatga chaqirildi

Olam

image

Ukraina 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan zaxiradagi askarlarni harbiy xizmatga chaqirishni e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi matbuot xizmati xabar bergan. 

“18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan zaxiradagilar chaqiriladi. Bular ham ofitserlar, ham serjantlar. Maksimal xizmat muddati — bir yil”, deyiladi xabarda. 

Bir kun avval Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat uchun maxsus muddatda rezervchilarni chaqirish to‘g‘risida farmon chiqargan. 

Qayd etilishicha, chaqirilgan zaxiradagi xodim ish joyini va o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH Prezidenti Jo Bayden ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi. Hujjat DXR va LXRga sarmoya kiritishni, shuningdek, ushbu mintaqalardan har qanday tovarlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilishni taqiqlaydi.

Bundan tashqari, ushbu farmon o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarda harakat qilishga qaror qilgan har qanday shaxsga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi.

Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki keyinchalik AQSHga kiradigan, DXR va LXR bilan bog‘liq shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha mulk va mulkdagi ulushlar bloklanadi.

Shuningdek, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing