Ukrainada tadbirkorlarning norozilik aksiyasi boshlandi

Olam

image

Bugun, 15 dekabr kuni ertalab, Kiyevning Ukraina Hukumati binosi joylashgan ko‘chasida tadbirkorlarning norozilik harakati qayta boshlandi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yuzlab namoyishchilar Grushevskiy ko‘chasi va unga qo‘shni bo‘lgan ko‘chalar bo‘ylab, Konstitutsiya maydoniga va namoyishchilarning asosiy yig‘ilish joyi bo‘lgan Oliy Rada binosi yoniga qarab yurishmoqda. Harakat davomida namoyishchilar transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

SaveFOP harakati yetakchisi Sergey Dorotichning aksiyani tashkil qiluvchi Ukrainaning “Strana” gazetasiga aytishicha, bugun namoyishchilar Hukumat oldiga karantin, kassa apparatlari joriy etilishi va boshqa bir qator talablar bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatidagi cheklovlarni bekor qilish shartini qo‘yishadi. Namoyishlar munosabati bilan metropoliten politsiyasi Kiyev markazida navbatchilikni kuchaytirmoqda.

Tadbirkorlarning norozilik harakatlari 17 noyabrda boshlangan va bir necha bor politsiya bilan to‘qnashuvlar yuzaga kelgan. Dastlab, biznes vakillari hafta oxirida karantin joriy qilinishiga qarshi chiqdi va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirish kiritishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Kiev

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing