Ukrainada Putinga yaqin oligarxlarning aktivlari olib qo‘yildi

Olam

image

Ukrainada bir qancha rossiyalik oligarxlarning mol-mulki davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Bu haqda bugun, 11 iyul kuni Ukraina Davlat tergov byurosi e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Oliy sud bir qator tijorat tuzilmalari va ularning egalariga nisbatan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha qarorlar qabul qilgan.

“Kremlga yaqin bo‘lgan bir qancha rossiyalik oligarxlarning milliardlab grivnaga teng aktivlari Ukraina davlat byudjetiga tushdi”, deyiladi xabarda.

Ushbu tijorat tuzilmalari orasida Rossiya rahbari Putinga yaqin rossiyalik oligarxlar, xususan, aka-uka Arkadiy va Igor Rotenberglar, Oleg Deripaska, Yevgeniy Ginerlar ham bor.

Shunday qilib, quyidagi aktivlar davlat tasarrufiga o‘tkazilgan:

•  "Gluxovskiy kvarsit kareri" va "Nikolayev alumina zavodi" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari (Deripaska, taxminiy qiymati 272 million);

•  Ocean Plaza savdo markazi taxminiy qiymati 350 million dollardan ortiq (Rotenberg);

•  "Birinchi investitsiya banki" (Giner) aksiyalarining 88,89 foizi.

Sud tomonidan hibsga olingan va quyidagi mulklarni o‘zlashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda:

“Rivneoblenergo” (93,2%), “Xersonoblenergo”  (99,9%), “Chernovsioblenergo” (96,8%), “Jitomiroblenergo” (95,5%), “Kirovogradoblenergo” (72,9%) aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, umumiy qiymati 2 milliard (Ginerniki) bo‘lgan 7 ta mehmonxona va 2 ta savdo va ko‘ngilochar markazlar.

Shuningdek, Ukraina iqtisodiyotining boshqa muhim strategik tarmoqlarida ruslarning ustav kapitali va mulkining turli ulushlari ham olib qo‘yilgan. Xususan, bu “Avangard-Vilarti” MCHJning 100 foiz ulushi bo‘lib, u Ocean Plaza Project (Kipr)ga qo‘shimcha ravishda Ethoder Investments Limited va Lybid Investment Union kompaniyasining 66,65 foiziga egalik qiladi.

Oleg Deripaskaning Ukrainaning turli viloyatlaridagi yer uchastkalari va ko‘chmas mulklari, yuzlab maxsus va yuk mashinalari ham davlatga qaytarilgan.

Ukraina tomonidan o‘zlashtirilgan boshqa aktivlarning egalari rossiyalik – Aleksandr Ponomarenko va Aleksandr Skorobogatkolardir. Ularning yuzlab ishlab chiqarish binolari, uskuna va omborlari olib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina oligarxlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing