Ukrainada Pfizer vaksinasi bilan emlangan erkak vafot etdi
Olam
−
03 iyul 2021
3957Ukrainaning Vinnitsa shahrida 47 yoshli erkak COVID-19 ga qarshi Comirnaty/Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Interfaks” Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
“2 iyul kuni soat 18: 02 da 47 yoshli erkakning o‘limi qayd etildi. Tegishli ma’lumotlar Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat ekspert markaziga kelib tushdi”, deyiladi xabarda.
Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 ga qarshi emlash mobil guruh tomonidan soat 13:45 da amalga oshirilgani haqida xabar berdi.
“Emlashdan keyin bir soat ichida immunizatsiya qilinganidan keyin noxush hodisa qayd etilmagan. 17:00 da bemor ko‘ngil aynishi, hushidan ketish haqida shikoyat qildi. Darhol shoshilinch tibbiy yordam chaqirildi, ular reanimatsiya tadbirlarini o‘tkazdi. Afsuski, soat 18: 02 da shifokorlar o‘lim holati kuzatilganini ma’lum qildi”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Vinnitsa viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Comirnaty/Pfizer-BioNTech vaktsinasi bilan COVID-19 ga qarshi emlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina keltirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi