Ukrainada pandemiya boshlangandan beri eng qattiq karantin joriy etiladi

Olam

image

Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal 2021 yilning yanvar oyida qat’iy karantin joriy etilishi lozimligini aytdi.

Shmigal Sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanovning prognoziga ishora qilarkan, dekabr oyida tibbiy tizim hozirgi yukni yengishini ta’kidladi.

"Biroq kasallanish darajasi dinamikasini hisobga olgan holda, yanvar oyida qattiq karantin choralari kiritilishi kerak, deb o‘ylaymiz", deb yozadi Bosh vazir Facebook’dagi o‘z sahifasida.

Shmigal hozirda mahalliy hokimiyat bilan kiritilishi ko‘zda tutilayotgan cheklovlar ro‘yxati ustida ish olib borilayotganini aytdi. Buning uchun shahar hokimlari va viloyat davlat ma’muriyati rahbarlari so‘rov o‘tkazishadi.

Xususan, mamlakatda quyidagi cheklovlar kiritilishi kutilmoqda:

•  bayram konsertlari, diskotekalar va tungi klublar, binolar, yotoqxonalar, savdo va ko‘ngilochar markazlardagi ommaviy tadbirlar 100 foiz;

•  muzeylar, kinoteatrlar va teatrlar, umumiy ovqatlanish ob’ektlari 95 foiz;

•  bayram yarmarkalari, sport zallari va fitnes markazlari 90 foiz cheklanadi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, jamoat transportida (o‘rindiqlarda masofani saqlagan holda), umumiy ovqatlanish ob’ektlarida (yetkazib berish yoki olib chiqish mustasno) va mehmonxonalarda (ko‘ngilochar va oziq-ovqat zonalarisiz) qisman cheklovlar kiritiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada COVID-19 ga chalinganlar soni 834 913 nafarga yetdi. Shundan 435 575 bemor sog‘aygan bo‘lsa, 14 054 nafari olamdan o‘tdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ukrainada

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing