Ukrainada karantin cheklovlari deyarli olib tashlanmoqda

Olam

image

Joriy yilning 25 maydan boshlab Ukraina Respublikasi hududida bolalar bog‘chalari va metro faoliyatiga ruxsat beriladi. Shuningdek, ibodatxonalar ham ma’lum cheklovlar asosida dindorlarni qabul qilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

“25 maydan boshlab hukumat bolalar bog‘chalariga, shuningdek, epidemiologik vaziyat imkon beradigan shaharlarda metro ishlariga ruxsat beriladi“, deydi Shmigal.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 22 maydan boshlab hukumat restoran va suzish havzasi bo‘lmagan mehmonxonalar faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlaydi. Shu bilan birga, sport tadbirlarini o‘tkazishga, shaharlararo transportni qayta tiklashga ruxsat beradi.

Ma’lumot uchun, Ukraina hukumati joriy yilning 12 martidan boshlab mamlakatda karantin joriy qilgan. Keyinchalik cheklovlar 22 mayga qadar uzaytirilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq 18 876 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 5 632 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 548 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar 12 696 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ukrainada

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing