O‘zbekiston Ukrainaning “Qizil ro‘yxat”iga tushdi
Olam
−
01 avgust 2020
52139Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashayotgan mamlakatlar kiritilgan “qizil hudud” ro‘yxatini kengaytirdi. Unga 120 ta davlat kiritildi.
Bugun, 1 avgustdan boshlab Ukrainada davlatlarning “yashil” va “qizil” toifaga ko‘ra yangilangan ro‘yxati kuchga kirdi. U ro‘yxatga ko‘ra, fuqarolar u yoki bu davlatdan qaytganda yo karantinga olinadi, yo test topshirish bilan kifoyalanadi.
Ukraina “Qizil ro‘yxat”ga so‘nggi 14 kun ichida har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan yangi holatlar soni Ukrainadagi ko‘rsatkichdan oshgan mamlakatlar kiritilgan. Bundan tashqari, oxirgi 14 kun ichida kasallanganlar sonining ko‘payishi 30 foizga oshgan mamlakatlar ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
“Yashil hudud” mamlakatlari qatoriga Ukrainadan tashqari Shvetsiya, Portugaliya, Xorvatiya, Belarus, Buyuk Britaniya, Turkiya, Sloveniya, Misr va Italiya kirgan.
“Qizil” hududga Xitoy, Vengriya, Gruziya, Germaniya, Chexiya, Bolgariya, Albaniya, Chernogoriya, Polsha, Fransiya, O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kiritilgan.
Qizig‘i, “qizil ro‘yxat”ga koronavirus hali rasman tasdiqlanmagan Turkmaniston ham kiritilgan.
LiveBarchasi