Rasman: Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi
Olam
−
19 iyun 2020
9555Ukrainada koronavirus bilan kasallanishning yangi to‘lqini boshlandi. Bu haqda Bosh vazir Denis Shmigal ma’lum qildi.
Shuningdek, u Ukrainaning 24 viloyatidan ikkitasida kasalxonalar bemorlar bilan 50 foizdan ko‘proq to‘lganligini ta’kidladi.
"Bizda kasalxonalar 50 foizdan ortiq to‘lgan ikkita hudud bor... Aslida, bugun bizda birinchi yoki ikkinchi darajali koronavirus tarqalishi boshlandi", dedi hukumat yig‘ilishida Ukraina Vazirlar Mahkamasi rahbari.
Shuningdek, yig‘ilishda shifokorlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar uchun 8 milliard grivni ajratishga qaror qilindi.
Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Maksim Stepanovning ta’kidlashicha, so‘nggi kun davomida mamlakatda yangi yuqtirilganlar soni rekord darajaga - 921 kishiga yetgan. Umumiy infeksiyalanganlar soni 34 984 gacha o‘sgan.
LiveBarchasi