Ukrainada bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan Rossiya Falastindagi bolalarga yordam bermoqchi

Olam

image

Rossiya, agar kerak bo‘lsa, Isroil-Falastin mojarosining kuchayishi sababli Falastindan evakuatsiya qilingan bolalarga yordam berishga tayyor, ammo hozircha tegishli ko‘rsatmalar olinmagan. Bu haqda Minskda MDH Ijroiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar bolalar huquqlari bo‘yicha komissarlari yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Ayni paytda yordam bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri buyruq bo‘lmagan. Agar kerak bo‘lsa qo‘llab-quvvatlash va yordam berish istagini bildirdik. [Rossiya] Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinning o‘ziga xos pozitsiyasi bor,qanday mojarolar bo‘lishidan, ularni nima qo‘zg‘atganidan qat’i nazar, bolalar azob chekmasligi kerak. Agar shunday zarurat tug‘ilsa, biz buni boshidan aytgan edik, ishtirok etishga va yordam berishga tayyormiz”, deydi Lvova-Belova. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakilning ta’kidlashicha, u hozirda "Falastindagi rus bolalari to‘g‘risida" ma’lumotlarga ega emas.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2023 yil avgust oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada bir yarim yil davom etgan urush davomida kamida 9444 nafar tinch aholi, jumladan 545 nafar bola halok bo‘lgan. Deyarli 17 ming kishi, jumladan, 1156 nafar bola jarohatlangan. 

Eslatib o‘tamiz, yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 kundan beri Isroilning shiddatli bombardimonlari ostida bo‘lgan G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 271 nafarga ortib, 8796 nafarga yetdi. Ularning 3648 nafari bolalar, 2290 nafari ayollardir. 


Maqola muallifi

Teglar

genotsid G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing