Ukraina Yevropa Ittifoqiga kirishga tayyor emas – Orban 

Olam

image

Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga qarshi, chunki u bunga hali tayyor emas. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiostansiyasining ertalabki dasturida aytib o‘tdi.

Uning fikricha, Ukraina hozirda urush holatida va mamlakat aholisining aniq soni ham ma’lum emas. Shu bilan birga, odamlar doimiy ravishda Ukrainadan chiqib ketmoqda.

"Uning huquqiy va siyosiy tizimi tinch hayot kechirayotgan mamlakatdan boshqacha ishlaydi. Shuning uchun Ukraina barcha Yevropa Ittifoqi davlatlarida amal qiladigan qonun ustuvorligining konstitutsiyaviy tamoyillariga bo‘ysunadimi yoki yo‘qligini ayta olmaymiz", deydi Orban.

Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning YeIga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, xususan, bunday qadamning Yevropa iqtisodiyotiga ta’siri masalasi ham ishlab chiqilmagan. 

"Ukraina qishloq xo‘jaligining erkin bozor tizimiga kiritilishi yevropalik fermerlarga foyda keltiradimi yoki yo‘qmi, biz bilmaymiz", deya tushuntirdi Bosh vazir.

Shu munosabat bilan u Vengriya Yevrokomissiyaning Ukraina bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarini qo‘llab-quvvatlamasligini va bu masalani 14-15 dekabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YeI sammiti kun tartibiga kiritmaslikni taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi Ukrainadan bug‘doy, arpa, kolza va kungaboqar urug‘larini Polsha, Vengriya, Slovakiya, Ruminiya va Bolgariyaga eksport qilishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga ruxsat berganiga qaramasdan Vengriya Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishga bir tomonlama taqiq qo‘ygandi. Bu hukumat o‘z dehqonlarining manfaatlarini himoya qilish uchun harakat qilayotganini aytgandi. 8 noyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi kengashiga Ukraina bilan hamjamiyatga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing