Abu-Dabidagi Rossiya – Ukraina muzokaralarida yevropalik mulozimlar ham qatnaşadi – FT
Olam
−
15:40 652 3 daqiqa
Yevropa mamlakatlari joriy yilning 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida bölib ötadigan Rossiya, AQŞ va Ukrainaning uç tomonlama muzokaralariga yuqori lavozimli mulozimlarini yuboradi. Bu haqda vaziyatdan xabardor mulozimlarga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.
Manbalarning sözlariga köra, sammitda Yevropa “uçligi” – Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari iştirok etadi. Bundan taşqari, voqea joyiga Yevrokomissiya raisi va NATO boş kotibi apparati rahbarlari yetib boradi. Ular “muzokaralarning alohida bosqiçlarida” iştirok etişi rejalaştirilgan.
Yevropa mamlakatlari AQŞ Prezidenti Donald Tramp va uning kuyovi Jared Kuşner kelişuvning bir qismi Yevropaning yanada kengroq xavfsizlik arxitekturasi bölişi mumkinligini aytganidan söng sammitga öz vakillarini yuborişga qaror qilgan. Xususan, yuqori lavozimli Yevropa mulozimlari Rossiyaning mazkur uçraşuvdan uşbu masalada öz talablarini singdiriş uçun foydalanişga bölgan ehtimoliy urinişlarining oldini olişi kerak. Avvalroq, Moskva NATO maşğulotlarini va Şarqiy Yevropada alohida qurol-yaroğ tizimlarini joylaştirişni kelişib oliş huquqini talab qilgan. Biroq Yevropa poytaxtlarida bunday yondaşuv “sovuq uruş” uslubidagi ta’sir doiralariga qaytiş sifatida körilmoqda.
Şu bilan birga, Yevropa qit’adagi xavfsizlik böyiça har qanday muhokamalar faqat Ukraina bilan tinçlik muzokaralaridan söng boşlanişi kerakligini ta’kidlamoqda. Naşr manbalari Kiyevga xavfsizlik kafolatlari va mamlakatni uruşdan keyingi iqtisodiy tiklaşni muhokama qiliş ayni paytda Yevropa mamlakatlari uçun yuqoriroq ustuvorlikka ega ekanini urğulagan.
Bungaça Amerika Prezidentining kuyovi Jared Kuşner Vaşington Ukraina, NATO va yevropalik şeriklar bilan Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlari hamda Yevropa xavfsizligi arxitekturasi böyiça “mahsuldor va mazmunli” muzokaralar ötkazganini ma’lum qilgan. U, şuningdek, AQŞ Ukraina va Rossiya bilan uç tomonlama muzokaralarni “maksimal darajada mazmunli va mahsuldor” qiliş imkonini beradigan “jiddiy takliflar” ustida işlayotganini aytgan.
Şu bilan birga, uç tomonlama uçraşuvda Rossiya delegatsiyasiga “qat’iy pozitsiya tarafdori” deb ataladigan Prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçilik qiladi. Ötgan yilning iyun oyida Turkiyada Ukraina tomoni bilan bölib ötgan uçraşuvlardan biridan söng u Ukraina uruşni yakunlaş uçun Moskva şartlarini qabul qilişi, Ğarb bilan integratsiyadan voz keçişi kerakligini aytgan, şuningdek, Rossiya “qança kerak bölsa, şunça” uruşişga tayyorligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi