Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

Olam

image

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

"Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shinlarini doimiy samarali mag‘lubiyatga uchratish uchun o‘z yechimlarini qidirmoqda.

“Bizning maqsadimiz maksimal mudofaa mustaqilligi, chunki bu samarali ittifoqchilarni topish va o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarishni osonlashtiradi”, deya qo‘shimcha qildi Ukraina Prezidenti.

Ma’lumot uchun, Ukrainaning bir qator g‘arbiy hamkorlari Rossiya Federatsiyasi hududiga zarba berish uchun yetkazib bergan qurollardan foydalanishga ruxsat berishdi, ammo shartlar bilan. Shu bilan birga, Ukraina zaruriy qurol-yarog‘ yetkazib berish kechiktirilganini bir necha bor e’lon qilgan. Bundan tashqari, Germaniya ham uzoq masofali TAURUS raketalarini Kiyevga berishdan bosh tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy o‘z xalqiga murojaat qilar ekan, ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina raketa Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made