Ukraina Turkiy kengashga qo‘shilish taklifi bilan chiqdi
Jamiyat
−
10 avgust 2020 8138 1 daqiqa
Ukraina Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilish istagida. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirining birinchi erinbosari Emina Japarova ma’lum qilgan.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi “Demіreren” agentligiga bergan intervyusida Ukrainaning turkiy dunyo bilan aloqalari uzoq tarixga borib taqalishi haqida gapirgan. U o‘z nutqida Ukrainaning tukriy dunyo madaniyatining vorisi sifatida ko‘rishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 14 sentyabr kuni “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni imzoladi.
O‘sha vaqtgacha 4 ta davlat – Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TDHK) a’zolari sanalar edi. Tashkilot tarkibi turkiy tilli davlatlarning rahbarlari Kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslari qo‘mitasi, Oqsoqollari kengashi va Kotibiyatdan tashkil topgan. Kotibiyat Istanbul shahrida (Turkiya Respublikasi) joylashgan.
Tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimiga muvofiq tashkil etilgan.
Har yili Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi tomonidan a’zo davlatlar orasida Turk dunyosi madaniy poytaxti tanlab olinadi. Bu yil ushbu maqom Xiva shahriga nasib etdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025