Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashda bayroqlar ko‘tarish marosimida qatnashdi (video)
Jamiyat
−
12 noyabr 2021
6791Bugun, 12 noyabr kuni Istanbul shahrida Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tantanali ravishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi hamda ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga umid bildirdi.
Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.
LiveBarchasi