Turkiy kengash sammiti boshlandi. Ishtirokchilar qatorida yangi “yuz”lar bor
Jamiyat
−
31 mart 2021
9467Ayni vaqtlarda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boshlandi. Onlayn shakldagi sammit Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘izsiton Prezidenti Sadir Japarov, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etmoqda.
E’tiborli jihati Turkiy kengashda Turkmaniston davlat o‘laroq ilk bor qatnashyapti. Shuningdek, Sadir Japarov ham Kengashda yangilardan.
Sammit davomida qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Avvalboshda sammit Qozog‘istonning Turkiston shahrida oflayn rejimda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo epidemiologik vaziyat tufayli rasmiy Nur-Sulton tadbirni videokonferensiya orqali o‘tkazishga qaror qildi.
Sammit yakuniga ko‘ra, Turkiy davlatlarning madaniy qadriyatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish va Kengashning maqomini belgilash rejalashtirilgan.
Sammitda birinchi bo‘lib Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nutq so‘zladi. Nutqi davomida Erdo‘g‘an muqaddas Ramazon oyi tugaganidan so‘ng Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahriga borishga va’da berdi.
LiveBarchasi